21 may 09:49
Yangiliklar
"Rolan Garros". Polina Kudermetova caralashning finaliga chiqdi
Saralash turnirida 16-raqam ostida tasniflangan Kudermetova ilk davrada niderlandiyalik Anuk Koevermansni 6/1, 7/5(5) hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Kecha tunda o'tgan 1/2 final uchrashuvida esa bolgariyalik Viktoriya Tomova qiyinchilik bilan taslim etildi - 7/6(2), 6/7(5), 6/3.
Ikki soatu 14 daqiqa davom etgan bahsda 7 ta eys zarbasini amalga oshirib, 11 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Tomovada eys zarbalar bo'lmadi, qo'shxatolari esa 6 tani tashkil qildi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. O'tgan yili oktyabrda Xitoy turniridagi ilk bahsda ham Polina Viktoriyadan ustun kelgandi.
Taqqoslash uchun, Polina WTA reytingida 125, Tomova 161-o'rinni egallab turibdi. Ertaga Kudermetova saralashning final uchrashuvida dunyoning 148-raketkasi bo'lib turgan xitoylik Van Siyuyga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv 22 may kuni bizning vaqt bilan soat 14:00ga belgilangan. Saralash turnirida 30-raqam ostida tasniflangan Van 1/2 finalda avstraliyalik Strom Xanterni 6/2, 7/5 hisobida engdi.

Fikrlar