05 may 08:17
Yangiliklar
Futbol

"Roma" "Fiorentina"ni mag'lub etib, 4-o'ringa ko'tarilib oldi, SHomurodov g'alaba goliga assistentlik qildi + VIDEO
Italiya A Seriyasining 35-tur doirasidagi "Roma" - "Fiorentina" o'yinida darvozaga kiritilgan yagona gol o'yin taqdirini hal qildi.
Rimliklarning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor SHomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi va 45+5 daqiqada Artyom Dovbikning goliga bosh bilan ajoyib uzatma ijro etdi. Hamyurtimiz 65-daqiqada zaxiraga olindi. "Roma" esa muhim o'yinda g'alabaga erishib, jadvalda to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Havola :
Fikrlar