"Roma"ning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor SHomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 72-daqiqada zaxiraga olindi. "Bo'rilar" 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi, ammo parallel o'yinda "Yuventus" mehmonda "Veneciya"ni mag'lub etib, to'rtinchi o'rin bilan CHLga yo'l oldi.
Beshinchi pog'onadan joy olgan "Roma" kelasi mavsumda yana Evropa Ligasida ishtirok etadigan bo'ldi.
Kelasi mavsum CHLda ishtirok etadigan klublar:
1. "Napoli" — 82 ochko
2. "Inter" — 81 ochko
3. "Atalanta" — 74 ochko
4. "Yuventus" — 70 ochko
Evropa ligasi:
5. "Roma" — 69 ochko
9. "Bolonya" — 62 ochko
Konferenciyalar ligasi:
6. "Fiorentina" — 65 ochko
Fikrlar