10 may 11:49
Yangiliklar
Roman Dolidzega yangi raqib, raqamli o'rniga raqamsiz turnir berildi
Entoni Ernandes jarohat olganidan keyin gruziyalik aralash yakkakurash ustasi raqibsiz qolgandi. Matchmeykerlar aslida UFC 302 turnirida oktagonga chiqishi kerak bo'lgan Romanning jangini raqamsiz UFC on ESPN 57 turniriga ko'chirishdi. Endi Dolidze divizionning 13-pog'onasidan joy olgan braziliyalik Mishel Pereyraga qarshi bahs olib boradi.
Malumot uchun, 35 yoshli Roman Dolidze ketma-ket ikkita jangda mag'lubiyatga uchragan. U Marvin Vettori va Nassurdin Imavovga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. 30 yashar Mishel Pereyra esa bir hafta avval UFC oktagonidagi qatorasiga sakkizinchi g'alabasini tantana qilgan edi. O'shanda u jangning 54-soniyasidayoq ukrainalik Igor Poteryani bo'g'ib qo'ygandi.
UFC on ESPN 57 turniri 8 iyun kuni Luisivill shahrida bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida Jared Kannonir hamda Nassurdin Imavov o'rtasida o'tkaziladi.
Fikrlar