01 may 17:20
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu va Messi bir vaqtda CHempionlar Ligasidan chiqib ketdi
Argentinalik hujumchi Lionel Messi va portugaliyalik goleador Krishtianu Ronaldu sinxron tarzda konfederaciyalarning CHempionlar Ligasidagi ishtirokini 1/2 final bosqichida yakunladi.
KONKAKAF CHempionlar Ligasi yarim finalida Messi to'p tepayotgan "Inter Mayami" "Vankuver"ga (1:3) ikkinchi bor mag'lub bo'lib, turnirdagi ishtirokini tugatdi. Ronalduning "Al Nassr" jamoasiga kelsak, Saudiya Arabistoni jamoasi Osiyo CHempionlar Ligasi 1/2 finali doirasida Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" jamoasidan 2:3 hisobida engildi.
Takidlash joizki, argentinalik va portugaliyalik futbolchilar to'liq o'yin o'tkazdi, ammo bu ularning jamoalarini musobaqadan chiqib ketishdan saqlab qola olmadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar