19 fev 23:26
Yangiliklar
Ronda Rouzi Dana Uaytga "vyzov" tashladi
Rondaning ushbu jang ortidan "Paramount" platformasidagi dunyoning eng kuchli ligasi tadbirlaridan ko'ra ko'proq tomosha yig'ishiga ishonchi komil.
"Bu qarama-qarshilik juda ko'p qatlamlarga ega. Netflix hazillashmayapti. Garov o'ynayman, biz Paramount’da UFC rekordlarini ortda qoldiramiz", - deb yozdi amerikalik ijtimoiy tarmoqda.
Besh raundlik jang rasman elon qilingandan so'ng, Rouzi dastlab ushbu to'qnashuvni tashkil etish taklifi bilan Dana Uaytga murojaat qilganini, ammo bu g'oyani UFC’da amalga oshirishning iloji bo'lmaganini aytdi.
Ikki kun avval Jeyk Polning promouterlik kompaniyasi 16 may kuni Rouzi va Karanoning jangi Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida bo'lib o'tadigan aralash yakkakurashlar bo'yicha birinchi MVP turnirining asosiy bahsi bo'lishini rasman elon qilgandi.

Fikrlar