17 may 09:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Ronda Rouzi - Jina Karano jangi 17 soniya davom etdi
AQSHning Los-Anjeles shahrida tashkil etilgan Most Valuable Promotions turnirining asosiy jangi ikki ayol aralash yakkakurash vakilalari o'rtasida bo'lib o'tdi.
O'n yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytgan 39 yoshli sobiq UFC chempioni Ronda Rouzi 44 yoshli Jina Karanoga qarshi oktagonga chiqdi. Bir yarim yilda 45 kg vazn tashlagan Karano so'nggi bor 2009 yilda jang o'tkazgandi.
Rozi jangda darhol Karanoni parterga o'tkazib, bir nechta zarbalar berdi, keyin raqibining qo'lini ushlab oldi va og'ritish usuli bilan Jinani taslim etdi. Aynan shu usul Rouziga o'tmishdagi aksariyat janglarida g'alaba keltirgan edi. Bugungi g'alabasi uchun Rouziga 17 soniya kifoya qildi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar