10 mar 15:01
Yangiliklar
Ronda Rouzi: "Oq uydagi UFC kardi - axlat!"
"Frensis Ngannu va Filip Lins 16 may kuni Netflix’da Rouzi va Karanoning jangi kardiga qo'shiladi! Bunday qo'shaloq asosiy kard sizga yoqadimi? Jangchilar va muxlislarni akciyadorlardan ustun qo'yganingda shunday bo'ladi.
P.S. Oq uydagi UFC kardi - axlat!" - deb yozdi Rouzi X ijtimoiy tarmog'idagi akkauntida.
Turnir 16 may kuni Los-Anjelesdagi Intuit Dome arenasida bo'lib o'tadi. Asosiy jang Rouzi va Karano o'rtasida kechadi. Kelishuvga ko'ra ushbu turnir doirasida og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu va Filipe Lins ham to'qnash keladi. Tadbir Netflix orqali translyaciya qilinadi.
UFC Freedom 250 turniri 14 iyun kuni Oq uy yaqinida bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy jangida Iliya Topuriya va Jastin Getji o'zaro kuch sinashadi.

Fikrlar