25 apr 12:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Rosado Bektemirdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng faoliyatini yakunlashiga shama qildi
Gabriel Rosado Bektemir Meliqo'ziev bilan jangidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Kelib chiqishi puerto-rikolik, lekin AQSH nomidan jang qiluvchi Gabriel Rosado Bektemir Meliqo'zievdan uchralgan mag'lubiyatiga izoh berdi.
23 aprel tongida Las-Vegas (AQSH) shahrida Rosado va Meliqo'ziev o'rtasidagi revansh jangi bo'lib o'tgan edi. Ushbu to'qnashuvda Meliqo'ziev hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi.
"U hali yosh va men u uchun xursandman. Uni birinchi jangda nokautga uchratgan edim, u bundan saboq olibdi. Men bahona qilmoqchi emasman. Jangga tayyor edim. CHiziqni tortib, tajriba va bilimlarni yosh bokschilarga berishni boshlash vaqti keldi", - dedi Rosado.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar