11 iyu 09:23
Yangiliklar
Formula-1
Rosbergdan Britaniya Gran-prisidagi 2-o'rinni olib qo'yishdi
“Formula-1” styuardlari “Mersedes” piloti Niko Rosbergni poyga chog'ida o'z injeneri bilan radiomuloqotga kirishgani uchun jazolashga qaror qilishdi.
Buyuk Britaniya Gran-prisida Rosberg marraga ikkinchi bo'lib etib kelgan edi. Jazo sifatida Nikodan 10 soniya olib tashlandi. Bu esa uni uchinchi o'ringa tushirib yubordi.
SHu tariqa, “Red Bull” poygachisi Maks Ferstappen uchinchi pog'onadan ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Havola :
Fikrlar