15 may 08:04
Yangiliklar
Rossiya boks federaciyasida terma jamoaning JCH-2023dagi ishtiroki muhokama qilindi
Rossiya terma jamoasi 1-14 may kunlari poytaxtimiz mezbonligida o'tgan jahon chempionatida 2 ta oltin, 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egalladi.
"Biz 3 ta oltin medal qo'lga kiritilishini rejalashtirgandik. Lekin ozgina etmay qoldi. Musobaqada raqobat kutilganidan ham kuchli bo'ldi. Xulosa chiqaramiz va o'sishda davom etamiz. Umumiy olganda, terma jamoamizning jahon chempionatidagi ishtirokini qoniqarli deb baholasa bo'ladi", – deya Kirienkoning so'zlarini keltirmoqda TASS nashri.
Muslim Gadjimagomedov (-92 kg) va SHarabutdin Ataev (-86 kg) oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Imam Xataev (-80 kg), Vsevolod SHumkov (-60 kg), Dmitriy Dvali (-54 kg) va Edmond Xudoyan (-48 kg) bronza medaliga ega chiqdi.
Medallar jamg'arish bo'yicha Top-5:
1. O'ZBEKISTON — 5-2-2;
2. Qozog'iston — 4-0-1;
3. Rossiya — 2-0-4;
4. Kuba — 1-3-2;
5. Franciya — 1-1-1.
Fikrlar