So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

17 dek 13:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Rossiya IBA JCHdagi hakamlikka oid tanqidlarga rasman javob berdi

Teglar :  Rossiya
Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Aleksandr Besputin Dubayda bo'lib o'tgan IBA jahon chempionatida Rossiya terma jamoasi natijalari atrofida yuzaga kelgan salbiy muhokamalarga munosabat bildirdi.

"Biz ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida umumjamoaviy hisobda birinchi o'rinni qo'lga kiritdik. Hozir esa erkaklar o'rtasidagi jahon chempionatida ham birinchi o'rinni egalladik. Ammo ayrimlarga Rossiyada ettita oltin medal (jami 13 ta) borligi yoqmayapti. SHu munosabat bilan men ijtimoiy tarmoqlar yoki izohlar orqali emas, balki ochiq-oydin aytaman: “It huradi, karvon o'tar".

Men ham boks bilan shug'ullanganman. Tanishlarimdan biri bor edi, musobaqadan keyin undan: “Ishtirok qanday bo'ldi?” deb so'rasang, shunday derdi: "Hakamlar adolatsizlik qildi”. Natijada u hech narsa yutmagan. Kam odamlar mag'lubiyatni qabul qila oladi. Afsuski, hamma ham bunga qodir emas. Yana takrorlayman: itlar huradi, karvon esa yo'lini davom ettiradi. Bizning yigitlar eng yaxshilar. Biz Olimpiya o'yinlariga bog'lanib qolmaganmiz. Qolaversa, so'nggi Olimpiada ochilish marosimidan keyin men uni umuman tomosha ham qilmadim.

Kelajakda nima bo'lishini bilmaymiz. Ammo hozir biz shunday tamoyilga amal qilayapmizki, yilning asosiy musobaqasi — IBA jahon chempionati. Mukofot pullari birinchi o'rin uchun 1 million dollargacha oshirilishi mumkinligi haqida gap-so'zlar bor. Lekin bu IBA vakolatida", — dedi Besputin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing