20 sen 11:01
Yangiliklar
Rossiya MMAsida yil jangi tasdiqlandi
Rossiyalik taniqli aralash yakkakurash ustalari Vladimir Mineev va Ivan SHtirkov ringda o'zaro kikboksing qoidalari asosida o'tkaziladigan jangda to'qnash kelishadi. Tomonlar o'rtasida bir necha oy davom etgan muzokaralardan so'ng jang 18 noyabr kuni Sochi shahrida o'tkazilishi tasdiqlandi. Bu haqda AMC Fight Nights promousheni prezidenti Kamil Gadjiev xabar berdi.
"Bu jang rasman tasdiqlandi. Mineev vs SHtirkov, 18 noyabr, validol tabletkalarini g'amlab oling. Men 22 sentyabr kuni Ekaterinburg shahriga uchaman va u erda Ivan va Nikolay Klimenko bilan uchrashib, jang shartnomasiga imzo chekamiz. Darvoqe, bir yildan so'ng MMA qoidalari asosida revansh jangi o'tkaziladi", - dedi Gadjiev.
Malumotlarga qaraganda, Mineevning jang uchun gonorari 15, SHtirkovning ulushi esa 10 million rublni tashkil etadi.
33 yoshli Vladimir Mineev ayni paytda o'rta vazn toifasida AMC Fight Nights promousheni chempioni hisoblanadi. So'nnggi jangini 15 sentyabr kuni kikboksing qoidalari asosida o'tkazib, sobiq Bellator chempioni, braziliyalik Rafael Karvaloni ikkinchi raundda nokautga uchratgandi. 35 yoshli Ivan SHtirkov esa o'tgan oyda og'ir vazn (101.6 kg.gacha) toifasida Hardcore Boxing kamari uchun kechgan jangda Konstantin Eroxinga birinchi raundning o'zida nokaut bilan yutqazgandi.
Fikrlar