So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

29 sen 22:19
Yangiliklar

Tadbirlar

Rossiya Olimpiya qo'mitasi prezidenti Toshkentga keldi + FOTO

Teglar :  RossiyaO'zbekiston
Bugun Rossiya Olimpiya qo'mitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov poytaxtimizga tashrif buyurdi.

Mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov kutib olishdi.

ROQ rahbariga tashrifi davomida Novosibirsk Olimpiya kengashi raisi Igor Korotnev hamrohlik qilmoqda. Mehmonlar kun davomida MOQda ham bo'lib, o'zbek sportining shonli tarixi haqida qimmatli malumotlar olishdi.

 Tomonlar o'rtasida tashkil etilgan uchrashuvda har ikki mamlakat sportini rivojlantirishda o'zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, terma jamoalar o'rtasida qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini ko'paytirish, tomonlar o'rtasida tuzilgan memorandumga muvofiq, tibbiyot, ilm-fan yo'nalishlaridagi yutuqlarni baham ko'rish kabi masalalar muhokama qilindi.

Martabali mehmonga tashrif davomida yurtimizda olib borilayotgan bir qator bunyodkorlik ishlari tanishtirildi.

Jumladan, rossiyalik mehmonlar «Yangi O'zbekiston» bog'i, uning atrofida “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlari uchun ajratilgan Olimpiya shaharchasi loyihasi, “Tashkent City” majmuasi va boshqa bir qator obektlarda bo'lib, Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan ishlar haqida malumot olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing