08 avg 20:18
Yangiliklar
Tokio-2020
Rossiya tarixda birinchi marta medallar reytingida 4-o'rindan pastga tushib ketdi
Bugun Tokioda 2020 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlari o'z yakuniga etdi.
Rossiya Tokio-2020`da Rio va Londondagi Olimpiadaga qaraganda yaxshiroq ishtrok etdi. Rossiyalik sportchilar 71 ta medalni qo'lga kiritishdi: 20 ta oltin, 28 ta kumush va 23 ta bronza. Rio-2016 da rossiyaliklar 55 ta medalga ega bo'lishgan (19-17-19), Londonda-2012 da esa 70 ta (20-20-30). Biroq, tarixda birinchi marta Rossiya terma jamoasi medallar jadvalida 4-o'rindan pastga tushib, beshinchi bo'ldi.
1992 yilda Sobiq Ittifoq medallar jadvalida g'olib chiqqan, 1996 va 2000 yillarda Rossiya ikkinchi, 2004 va 2008 yillarda uchinchi, 2012 va 2016 yillarda - to'rtinchi o'rinni egallagan.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar