01 avg 13:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik bokschi hakamlar qaroridan noroziligini aytdi
-81 kg vaznli rossiyalik bokschi Imam Xataev Olimpiada yarim finalida Benjamin Uittakerga yutqazdi.
U ushbu natijadan noroziligini malum qildi.
"O'z boksimdan mamnunman. G'alaba qozonish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qildim.
G'alaba qozonganimga ishonaman. Hakamlar qaroridan noroziman. Birinchi raundni menga, ikkinchisini esa britaniyalikka berishdi.
Ammo uchinchi raundda men ko'proq zarba bergandim. Uittaker esa shunchaki qochib yurdi. Bronza yaxshi natija. Men mamnunman, lekin maqsadim Olimpiadada g'alaba qozonish edi.
Endi Olimpiya boksidagi faoliyatimni yakunlayman, professional ringda janglar o'tkazaman", - dedi Xataev.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar