09 jan 19:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik bokschi jangda orttirgan jarohatlari tufayli vafot etdi + VIDEO
Kelib chiqishi arman bo'lgan rossiyalik bokschi Arest Saakyan 27 yoshida jangda orttirgan jarohatlari tufayli vafot etdi.
U ikkinchi o'rta divizionda jang qilar edi. 2021 yil 26 dekabrda Tolyatti shahrida u hayoti davomidagi so'nggi jangini o'tkazdi.
8 raundlik reyting jangining so'nggi, final raundida u hamyurti, rossiyalik Igor Semyorninga sof nokaut bilan mag'lub bo'lgan edi. Saakyan komaga tushgan edi va mahalliy shifoxonada shu holatda 12 kunni o'tkazgan edi.
Havola :
Fikrlar