So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

01 mar 08:57
Yangiliklar

Boks/MMA

Rossiyalik bokschi Kurbanov - Madrimov jangi favoritini aytdi

Xabar berganimizdek, 8 mart kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida katta prof boks oqshomi o'tkaziladi.

Kechaning anderkard jangida hamyurtimiz Isroil Madrimov rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi vakant bo'lib turgan WBA kamari uchun ringga ko'tariladi. Ayni paytda Avstraliyada mashg'ulot o'tkazayotgan va birinchi o'rta vazn toifasida jang qiluvchi rossiyalik bokschi Sergey Vorobev ushbu to'qnashuv haqida o'z fikrini bildirdi.

"To'g'risini aytadigan bo'lsam, ushbu jangda Isroil Madrimovning imkoniyatlarini yuqori baholayman. Nimaga? CHunki Maga asosiy janglarini Rossiyada o'tkazgan. Aynan shu holat bo'lajak jangda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Madrimovning havaskor boksdagi tajribasi ham Magomednikidan ancha yaxshi va boy. Isroil AQSHda juda ko'p jang o'tkazdi. O'sha erda yashab, mashg'ulotlarni ham okean ortida o'tkazadi. Sparringlari ham tizimli tarzda tashkil etiladi. Barcha yo'nalishlar bo'yicha u tajribali bokschi. Maga vatandan tashqarida o'tadigan jangida o'zini qanday his qilishini ham bilmayman. Har qanday holatda ham bu qiziqarli jang bo'ladi. Bunday imkoniyat hamma bokschiga ham berilavermaydi. CHempionlik kamari uchun jang qilish hammaga ham emas. Fikrimni umumiy qiladigan bo'lsam, 8 mart kungi jangda Madrimovda g'alaba uchun imkoniyatlar yuqori", — dedi Vorobev. 

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistonidagi boks oqshomining markaziy jangida Entoni Joshua sobiq UFC chempioni Frensis Ngannuga qarshi ringga ko'tariladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing