06 avg 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Rossiyalik bokschining to'rt yillik g'alabali seriyasi yakunlandi
Bugun boks bahslarining final janglari davom ettirildi.
-91 kg vazn toifasida kubalik Olimpiada chempioni Xulio Sezar la Krus rossiyalik Muslim Gajimagomedovga qarshi ringga ko'tarildi. Qiziqarli kechgan bahsda ancha tajribali kubalik bokschi raqibini 5:0 hisobida mag'lub etdi va ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibiga aylangandi. Muslimning bu mag'lubiyati 2017 yildan beri birinchisi bo'ldi. O'shanda rossiyalik Evropa chempionatining finalida mag'lub bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, bu vazn toifasida vatanimiz sharafini Sanjar Tursunov himoya qilgandi va u ilk jangidan so'ng turnir bilan xayrlashgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar