11 iyu 12:35
Yangiliklar
Futbol

Rossiyalik hujumchi ikkinchi davrani O'zbekistonda o'tkazishi mumkin
“Ural“ hujumchisi Aleksey Kashtanov faoliyatini yurtimizda davom ettirishi mumkin.
Bu haqida Narzulla Saydullaev xabar bermoqda. Hozircha O'zbekistonning qaysi jamoasi hujumchi bilan shartnoma imzolashni reja qilgani haqida malumot berilmagan. Hozirda tomonlar muzokara o'tkazishmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, hujumchi ikkinchi davrani yurtimizda o'tkazadi.
Malumot uchun, 29 yoshli hujumchi faoliyati davomida 167 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 40 ta gol va 22 ta golli uzatma bor. Transfermarkt nashri futbolchini 700 ming evroga baholagan.
Havola :
Fikrlar