03 okt 18:49
Yangiliklar

Rossiyalik MMA jangchisi UFC'ni Bellator'ga alishtirdi
"UFC'dagi 8 yil ko'z ochib yumguncha o'tib ketdi. Bizning hamkorligimiz o'z nihoyasiga etdi. UFC rahbariyatiga o'zimni ko'rsatishim uchun imkoniyat bergani uchun tashakkur aytmoqchiman. Bugundan boshlab men Bellator jangchisiman. Men yangi shartnoma imzoladim va bu faoliyatimni yangi bosqichga olib chiqadi. Bellator bu MMA bo'yicha dunyodagi etakchi AQSH va Evropada tez-tez janglar o'tkazuvchi tashkilot.
Menga bu yangi chaqiruv bo'ladi. Men menejerlarim Ali Abdelaziz va Rizvan Magomedovlarga rahmat aytmoqchiman. Ular o'z ishiga professional yondashib faoliyatimning oxirigacha menga ajoyib sharoitlar yaratib berishdi. Endi menda yangi maqsad bor - bu Bellator kamari!",-deb yozadi Rustam Xabilov.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli dog'istonlik jangchi faoliyati davomida 24ta g'alaba va 4 mag'lubiyat qayd etgan. Xabilov UFC'dagi so'nggi jangini 2019 yilning noyabr oyida Sergey Xandojkoga qarshi o'tkazib g'alaba qozongan edi.
Fikrlar