10 mar 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Rossiyalik MMA malikasi Diananing Bellator 276`dagi raqibasi o'zgardi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Diana Avsaragovaning raqibasi o'zgardi.
Bellator promoushenida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan Diana aslida amerikalik Eshli Dinga qarshi oktagonga chiqishi lozim edi. Ammo, Din so'nggi pallada Diana bilan jang qilmaslikni lozim topdi. Endi u Bellator 276 turnirida amerikalik boshqa bir sportchi Kira Batara bilan to'qnash keladi.
SHimoliy Osetiya vakilasi Bellator promoushenida 2021 yilning aprel oyida debyut qilgan. O'shanda Avsaragova raqibasi Tara Graffni 29 soniyada nokautga uchratgan edi. Diana 2014 va 2015 yillarda 60 kg vaznda erkin kurash bo'yicha Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori bo'lgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar