20 sen 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik MMAchi Toni Fergyusonga qarshi jang qilmoqchi
Kelib chiqishi arman bo'lgan rossiyalik MMAchi Arman Carukyan Toni Fergyusonga qarshi jang qilishni istaydi.
"Toni Fergyuson bilan jang qilishni istardim. Unda tajriba bor - u TOP-15dagi yoshi eng katta sportchi, men esa eng kichigiman.
Yaxshi jang bo'ladi deb o'ylayman. Toni oxiri uchta jangini yutqazdi, ammo u mashhur va haliyam xavfli.
Rossiyada ko'pchilik Fergyuson Xabibni mag'lub etadi deb hisoblaydi. Men esa bunday hisoblamayman. Ammo bunda intriga bor va men u bilan jang qilishni xohlayman", - dedi Carukyan.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar