03 apr 07:02
Yangiliklar
"Rossiyalik Ronda" UFC promoushenida debyut qiladi
Nihoyat, UFC Irinaga promoushendagi debyut jangini belgiladi. Alekseeva 29 aprel kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night 223 turniri doirasida shveycariyalik Stefani Eggerga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, "Rossiyalik Ronda" nomi bilan tanilgan 32 yoshli Irina Alekseeva MMAda 5 ta jang o'tkazgan bo'lib, 4 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. So'nggi jangini u 2021 yilning oktyabr oyida Moskvada o'tgan Bellator 269 turnirida Stefani Lilo Peyjga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
SHveycariyalik 34 yoshli Stefani Egger esa o'tgan yilning sentyabr oyida Aylin Peresni ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgandi. UFC Fight Night 223 turnirining markaziy jangi engil vazn toifasida rossiyalik Arman Carukyan hamda braziliyalik Renato Moykano o'rtasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar