26 mar 15:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Rossiyalik UFC jangchisi ikki yilga diskvalifikaciya qilindi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi doping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgan.
Xuseyn Asxabov UFC antidoping siyosati qoidasini buzgani uchun 24 oyga chetlatildi. Bu haqda Dana Uayt promousheni matbuot xizmati xabar berdi. Rossiyalik jangchi topshirgan tahlillarning birida taqiqlangan metandienon moddasi aniqlangan. Ikki yillik diskvalifikaciya muddati 2024 yilning 28 fevralidan kuchga kirdi.
Malumot uchun, Xuseyn Asxabov MMAdagi faoliyati davomida 24 ta jang o'tkazib, 23 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Yagona mag'lubiyatini o'tgan yilning fevral oyida amerikalik Jamal Emmersdan qabul qilib olgan. Emmers hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi. Bu rossiyalik uchun UFC`dagi debyut jang bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar