25 dek 08:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik UFC jangchisi Tagir Ulanbekovning navbatdagi raqibi malum
Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Tagir Ulanbekov UFC 272 turnirida navbatdagi jangini o'tkazadi.
Ulanbekovga amerikalik Tim Elliott raqib bo'ladi. Bu haqda jurnalist Marsel Dorf o'zining Twitter'ida malum qildi. Jang 6 mart kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
Ulanbekov so'nggi jangini UFC 267 doirasida braziliyalik Allan Nasimentoga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi. Jang uch raund davom etdi va Ulanbekov raqibdan ustunlik qilgandi. Tagir professional aralash yakkakurashlar bo'yicha 15 ta jangda 14 ta g'alaba qo'lga kiritgan. Nasimento 24 ta jangning 6 tasida mag'lubiyatga uchragan.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar