24 noy 09:37
Yangiliklar

Rossiyalik UFC jangchisining raqibi malum
Engil vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan Timur 6 fevral kuni UFC turniri doirasida amerikalik 31 yoshli Julio Arsega qarshi jang o'tkazadi. Hozircha Valiev - Arse jangining qaerda o'tkazilishi malum emas.
Malumot uchun, Timur Valiev o'zining UFC promoushenidagi debyut jangini shu yilning 22 avgust kuni UFC on ESPN 15 turniri doirasida amerikalik Trevin Jonsga qarshi o'tkazib, ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Lekin keyinroq Nevada shtatining Atletik komissiyasi Jonsning qonida taqiqlangan kannabinoid moddasi borligini aniqlagan va jangni o'tkazilmagan deb topgandi.
Timur Valiev MMAda jami 19 ta jang o'tkazib, 16 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Uning bo'lajak raqibi Julio Arse esa 20 ta jangning 16 tasida zafar quchgan. UFC`da 5 ta jangning 3 tasida g'alaba qozongan.
Fikrlar