29 noy 14:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Roy Jons: Qanaqa durang? Jangda men g'alaba qozondim
Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jons bugungi jangi haqida fikr bildirdi.
Bugun Jons "Junior" afsonaviy Mayk Taysonga qarshi sakkiz raundlik jangda ringga ko'tarilgan edi. Yakunda hakamlar jangda durang natija qayd etilganini elon qilishdi.
"Albatta, noroziman. CHunki, men bugungi jangda g'alaba qozongandim. Taysonning zarbalari asosan tana qismimga yo'naltirildi. Bu yoqimsiz holat. Lekin mening zarbalarim aniqroq chiqdi. Bu jang meniki edi. Qanaqa durang?", - dedi Roy Jons.
Eslatib o'tamiz, natijadan norozi bo'lgan Mayk Tayson jangdan keyingi intervyu yakuniga etmay turib, zalni tark etgandi.
Havola :
Fikrlar