06 iyu 08:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Roy Jons: Xabib otasining o'limidan keyin o'z yarmidan ayrildi
To'rt vazn toifasida sobiq chempion, afsonaviy bokschi Roy Jons UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedovning ketishi haqidagi qarorini qo'llab-quvvatladi.
"Xabib butun faoliyatini otasi bilan birga qurdi. Undan so'ng ham davom etmoqchi edi. Ammo, Xabib o'zini juda yolg'iz sezdi. Xabib otasining o'limidan so'ng, o'z yarmidan ayrildi.
Jang - bu sport, sen bunda kuchli zarbalar qabul qilasan. Xabib buni biladi. Agar oktagonda o'zining yarimi yo'qdek his qilayotgan bo'lsa, Xabib umuman qaytmasligi kerak. Agar sen yarming bilan oktagonga chiqsang, seni yo'q qilishadi. SHu sababli ham, men Xabibni to'g'ri tushunaman va qo'llab-quvvatlayman", - dedi Roy Jons.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar