28 avg 10:12
Yangiliklar
Tokio-2020
Ro'za Qo'zieva - Paralimpiya o'yinlari kumush medali sovrindori!
Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlaridagi ettinchi medalni qo'lga kiritdik.
Bundan biroz avval para pauerlifting bo'yicha ayollar o'rtasida -61 kg vazn toifasida hamyurtimiz Ro'za Qo'zieva ishtirokidagi final bahslari yakunlandi.
Quvonarlisi, Ro'za 130 kg toshni bo'ysundirgan holda kumush medalga sazovor bo'ldi. Bu bilan delegaciyamiz hisobidagi medallar soni 7 taga etdi: 3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza.
Malumot uchun, Ro'za Qo'zieva saytimiz tomonidan 2019 yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi deb topilgan edi.
Havola :
Fikrlar