25 mar 13:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Ro'ziboevni ranjitgan Xoakin Bakli endi uning do'stini jangga chorladi
Oxirgi bir necha oy ichida Kamaru Usmanni jangga chorlab kelayotgan Xoakin Bakli endi etiborini SHon Brediga qaratmoqchi.
Bredi UFC London turnirida Leon Edvardsni texnik nokaut evaziga mag'lub etgandi.
"Tabriklayman, SHon. Agar Usmanga bu jang kerak bo'lmasa, Bakli – Bredi jangiga nima deysan?" – deb yozdi amerikalik jangchi o'z hamyurtiga murojaat qilib.
Eslatib o'tamiz, Bakli 2024 yilning may oyida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevga qarshi jang qilib, ochkolar evaziga g'alaba qozongandi. U ayni paytda yarimo'rta vazn toifasida 6-o'rinni egallab turibdi. SHon Bredi esa Ro'ziboevning jamoadoshi hisoblanadi.
Havola :
Manba : MMA Frenzy
Fikrlar