10 iyu 10:44
Yangiliklar

Ro'ziboevning raqibi Olekseychuk emas. Hamyurtimizga istiqbolli UFC jangchisi berilgani aytilmoqda + FOTO
Avvalroq, ushbu turnir doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Nursulton Ro'ziboevning ham oktagonga ko'tarilishi haqida xabar bergan edik. Manbalar sportchimizning polshalik Mixal Olekseychuk bilan jang qilishi bo'yicha malumot tarqatgandi.
Biroq bugun tongda ishonchli insayderlar va MMA nashrlari Nursultonning boshqa sportchi bilan bahs olib borishi haqida xabar berdi. Unga ko'ra, Nursulton Ro'ziboev UFC 319 turniri doirasida amerikalik Brayan Battl bilan to'qnash keladi. Nursultonning o'zi ham Instagram sahifasi orqali bu yangilikni ulashdi.
Hozircha ushbu jang turnirning prelim kardiga joylashtirilgan.
Malumot uchun, Andijonda tug'ilgan Ro'ziboev faoliyati davomida 47 ta jang o'tkazib, 36 g'alaba, 9 mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. U bilan tengdosh, The Ultimate Fighter 29 shousining g'olibi Brayan Battl hisobida esa 12 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor. U so'nggi to'rtta jangining barchasida raqiblaridan ustun kelgan.
UFC 319 turnirining markaziy jangi o'rta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessi hamda davogar Xamzat CHimaev o'rtasida kechadi.
Fikrlar