08 sen 12:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Ruis revanshga qadar ozmoqchi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF chempioni Endi Ruis revanshga qadar ozmoqchi ekanligini malum qildi.
“Men revanshga qadar bir necha kilogrammga vazn tashlamoqchiman. Revanshga qadar 225 funt (115 kg) vaznga ega bo'lish niyatidaman. Menimcha, Joshua ham ringda tezkor harakatga ega bo'lish uchun revanshga qadar biroz ozsa kerak.
To'g'ri, uni tez bo'lgani unga yaxshi, menga esa yo'q. Menga qolsa, u vaznini tashlamasin va og'ir harakat qilishda davom etsin”, - dedi Ruis.
Eslatib o'tamiz, Ruis Joshuaga qarshi birinchi jangida 268 funt (122 kg) bo'lgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar