08 apr 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Ruslan Abdullaevning prof boksdagi ikkinchi jangi sanasi malum bo'ldi
Super engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik professional bokschi Ruslan Abdullaevning keyingi jangi bo'yicha malumotlar paydo bo'ldi.
Unga ko'ra, 22 yashar Ruslan 19 aprel kuni ringga qaytadi. Taxminlarga ko'ra, hamyurtimiz AQSH yoki Meksikadagi prof boks oqshomlarining birida ishtirok etadi.
Abdullaevga o'sha kuni kim raqib bo'lishi hozircha nomalum.
Bu Ruslan uchun prof boksdagi ikkinchi jangga aylanadi. CHarm-qo'lqop ustasi ilk jangini shu yilning mart oyida Xose Valensuela Alvaradoga qarshi o'tkazib, nokaut evaziga g'olib bo'lgandi.
Ruslan Abdullaev havaskor boksda Jahon chempioni (2023) hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar