So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

16 avg 10:54
Yangiliklar

Og'ir atletika, Tokio-2020

Ruslan Nurudinov: “Bu O'zbekistonning g'alabasidir”

Teglar :  RioOlimpiadaRuslan
Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarining og'ir atletika bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqalarida hamyurtimiz Ruslan Nurudinov qo'lga kiritgan olamshumul g'alabasi bilan nafaqat yurtdoshlarimizning, balki sport inshoatiga tashrif buyurgan turli millat vakillarining ham yoqimtoyiga aylandi.

Ayniqsa, polvonimiz siltab ko'tarish mashqida 237 kg. toshni ko'tarib, Olimpiada o'yinlarining oltin medali bilan birga Olimpiya o'yinlarining rekordini ham yangilaganda zal larzaga keldi. Barcha-barcha Ruslanni tarixiy g'alaba bilan olqishlay boshlashdi. 

“Juda hayajondaman. Qalbimda kechayotgan his tuyg'ularni ikki og'iz so'z bilan tariflab berolmayman. Bu barcha yurtdoshlarimiz g'alabasidir. Fursatdan foydalanib Davlatimiz va xukumatimiz rahbariyatiga, meni bugun bevosita va bilvosita qo'llab-quvvatlagan barcha-barchaga samimiy minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman”, deydi Ruslan Nurudinov.

“Bugun Ruslan Nurudinov qayd etgan natijani haqiqiy mo'jizaga qiyoslash mumkin, - deydi Xalqaro og'ir atletika federaciyasi prezidenti Tomash Ayan. Bu o'z navbatida O'zbekistonda sport qay darajada taraqqiy etib borayotganligining yorqin isbotidir. Ochig'i, Rio o'yinlarida yurtdoshlaringiz tomonidan qayd etilayotgan natijalar har qancha taxsinga sazovor. Olimpiada o'yinlarida bunday natijalarga o'z-o'zidan erishib bo'lmaydi. Men O'zbekistonda bir necha marotaba bo'lganman va yurtingizda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish yo'lida bevosita Davlatingiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga qoyil qolish kerak. Buning samarasi bugun Olimpiya o'yinlarida ham yaqqol qo'zga tashlanmoqda. SHuni ishonch bilan ayta olamanki, Olimpiada o'yinlarining navbatdagi kunlarida ham O'zbekiston sportchilari nimalarga qodirliklarini bir necha bor isbotlaydilar va Olimpiya o'yinlarida sovrindor bo'lgan sportchilaringiz safi yanada kengayadi”.

SHavkat Jalilov, Anvar Ilyasov

Rio-de-Janeyro shahridan tayyorlandi

Reyting: +1   

Fikrlar

   
16 avg 11:06:49
Фэрганец
qoil RUSLANga Galaba muborak bolsin !! Yurtimiz Faxri !
   
16 avg 11:00:50
Fasli BAHOR
SPORTCHILARIMIZGA ULKAN ZAFARLAR TILAYMAN!
RUSLAN VA IVANGA KATTAKON RAHMAT! OTA ONASIGA RAHMAT!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing