29 apr 08:46
Yangiliklar
Ruslan Nurudinov katta sahnaga qaytmoqda
Mazkur turnir Osiyo mintaqasining etakchi sportchilari uchun yilning eng muhim startlari — Osiyo o'yinlari hamda Jahon chempionati oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi sifatida etirof etilmoqda.
Musobaqaning eng katta qiziqish uyg'otayotgan yo'nalishlaridan biri -110 kg vazn toifasidagi bahslar bo'lib, unda ikki yirik atlet — hamyurtimiz Ruslan Nurudinov va Artyom Antropov o'zaro kuch sinashadi. Olimpiada va Jahon chempioni, rekordchi sifatida tanilgan Nurudinov hamda 2024 yilgi Jahon chempioni Antropov o'rtasidagi qarama-qarshilik turnirning markaziy voqealaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Turnir yuqori sovrin jamg'armasi bilan ham ajralib turadi. Mukofotlar jamoaviy natijalar hamda individual ko'rsatkichlar asosida taqsimlanadi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Ruslan Nurudinov musobaqadagi ishtirokini 2 may kuni boshlaydi.

Fikrlar