20 sen 20:41
Yangiliklar
Ruslan Nurudinov - O'zbekiston Kubogi g'olibi
Bugun musobaqaning so'nggi kunida +109 kg vazn toifasida ko'pchilik Rio Olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinovning g'olibligini taxmin qilgandi.
Tajribali atletimiz bildirilgan taxminlarni oqlab, supachada ham ishonchli ravishda birinchi o'rinni egalladi.
Ruslan dast ko'tarishda 194, siltab ko'tarish mashqida esa 231 kgni o'ziga bo'ysundirdi va ikki kurash natijasiga ko'ra - 425 kg.
SHohsupaning keyingi o'rinlarini 2004 yilda tavallud topgan atletlar egallashdi. 323 (148+175) kg natija qayd etgan Toshkent viloyati sportchisi Abdullaev Amir ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, uchinchi o'rin Sultonnazirov Boburga nasib qildi.
Erkaklar, +109 kg
1. Nurudinov Ruslan (Andijon) - 425 (194+231) kg;
2. Abdullaev Amir (Toshkent viloyati) - 323 (148+175) kg;
3. Sultonnazirov Bobur (Xorazm) - 304 (136+168) kg.
O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar