24 apr 18:20
Yangiliklar
Ruslan Nurudinov yangi jahon rekordini o'rnatdi
Quvonarlisi, unda hamyurtlarimiz Ruslan Nurudinov oltin, Akbar Jo'raev kumush medalni qo'lga kiritdi.
Takidlash joiz, dast ko'tarish mashqida xitoylik Yang CHje yurtdoshlarimizga jiddiy raqobat ko'rsatdi. Xitoylik polvon ushbu mashqda 200 kg toshni bo'y sundirib, yangi jahon rekordiga mualliflik qildi. Bu mashqda Jo'raev 194 kg, Nurudinov 188 kg natija qayd etishdi.
Siltab ko'tarish mashqida oltin medal uchun ikki vakilimiz o'zaro raqobat olib borishdi. Yakunda Ruslan Nurudinov 241 kg bilan Osiyo chempionligini qo'lga kiritish qatori yangi jahon rekordini o'rnatishga muvaffaq bo'ldi. Kumush medal Akbar Jo'raevga, bronza medali esa xitoylik Yang CHjega nasib etdi.
Og'ir atletika, Osiyo chempionati
Erkaklar, -109 kg:
1. Ruslan Nurudinov (O'zbekiston) – 429 (188 + 241) kg
2. Akbar Jo'raev (O'zbekiston) – 428 (194 + 234) kg
3. Yang CHje (Xitoy) – 415 (200 + 215)
Fikrlar