So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

19 okt 11:21
Yangiliklar

SHaxmat

Rustam Qosimjonov 1-turdan so'ng 2-o'rinda boryapti

Xabar berganimizdek, kecha kunning ikkinchi yarmida poytaxtimizda yana bir nufuzli musobaqa – SHaxmat Yulduzlari turniri boshlandi.

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ushbu super turnirda dunyo tan olgan to'rt nafar grossmeyster ishtirok etyapti.

Ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov 2013 yili blic yo'nalishida jahon chempioni bo'lgan. Isroillik Boris Gelfand 2009 yilda Jahon Kubogi sohibiga aylangan. Ukrainalik Ruslan Ponomarev 2002-2003 yillarda jahon chempionligiga erishgan. Hamyurtimiz Rustam Qosimjonov esa 17-jahon chempioni xisoblanadi.

Kecha shaxmatchilar uchtadan uchrashuv o'tkazishdi. O'tkazilgan oltita partiyadan faqat bittasida g'olib aniqlandi. Qolgan beshta partiyada kuchlar teng keldi. SHaxriyar Mamadiyarov bitta g'alaba va ikkita durang bilan birinchi kungi bahslardan so'ng 2 ochko bilan peshqadamlik qilyapti.


RustamQosimjonovesauchchalapartiyadahamduranggaerishdi va qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab turibdi. U avvaliga Ruslan Ponomarev, keyin SHaxriyar Mamadiyarov va so'nggi bahsda Boris Gelfand bilan bilan durang o'ynadi.

Bugun shaxmatchilar yana uchtadan uchrashuvda o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Rustam Qosimjonov bugun ilk uchrashuvda Ruslan Ponomarevga qarshi oq donalarda harakat qiladi.

Malumot uchun, SHaxmat Yulduzlari turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 50 ming Amerika Qo'shma SHtatlari dollarini tashkil etadi. G'olib grossmeyster 20 ming dollarga ega bo'ladi.

1-tur natijalari:

Ponomarev - Qosimjonov 0,5:0,5

Gelfand - Mamadiyarov 0-1

Gelfand - Ponomarev 0,5:0,5

Mamadiyarov - Qosimjonov 0,5:0,5

Ponomarev - Mamadiyarov 0,5:0,5

Qosimjonov - Gelfand 0,5:0,5

1-turdan keyingi turnir jadvalidagi holat: 1. Mamadiyarov, 2 ochko; 2-3 Qosimjonov, Ponomarev, 1,5 ochkodan; 4.Gelfand, 1 ochko

Bugun o'tkaziladigan 2-tur juftliklari:

Qosimjonov - Ponomarev

Mamadiyarov - Gelfand

Ponomarev - Gelfand

Qosimjonov - Mamadiyarov

Mamadiyarov - Ponomarev

Gelfand - Qosimjonov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing