18 okt 18:40
Yangiliklar
Rustam Qosimjonov uchinchi partiyada ham durang o'ynadi, hozircha Mamadiyarov peshqadam
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ushbu super turnirda dunyo tan olgan to'rt nafar grossmeyster ishtirok etyapti.
Ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov 2013 yili blic yo'nalishida jahon chempioni bo'lgan. Isroillik Boris Gelfand 2009 yilda Jahon Kubogi sohibiga aylangan. Ukrainalik Ruslan Ponomarev 2002-2003 yillarda jahon chempionligiga erishgan. Hamyurtimiz Rustam Qosimjonov esa 17-jahon chempioni xisoblanadi.
Bugun shaxmatchilar uchtadan uchrashuv o'tkazishdi. O'tkazilgan oltita partiyadan faqat bittasida g'olib aniqlandi. Qolgan beshta partiyada kuchlar teng keldi. SHaxriyar Mamadiyarov bitta g'alaba va ikkita durang bilan birinchi kungi bahslardan so'ng peshqadamlik qilyapti.
Rustam Qosimjonov esa uchchala partiyada ham durangga erishdi. U avvaliga Ruslan Ponomarev, keyin SHaxriyar Mamadiyarov va so'nggi bahsda Boris Gelfand bilan bilan durang o'ynadi.
Malumot uchun, SHaxmat Yulduzlari turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 50 ming Amerika Qo'shma SHtatlari dollarini tashkil etadi. G'olib grossmeyster 20 ming dollarga ega bo'ladi.
Fikrlar