29 iyu 20:26
Yangiliklar
Tokio-2020
Rustam To'laganov Olimpiada haqida: "Tokioda shunday bo'lishini 2016 yilda bilganman"
Rio Olimpiadasi bronza medali sohibi, hozirda prof boksda faoliyat yuritayotgan Rustam To'laganov Tokioda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan charm qo'lqob ustalarimizning ishtiroki haqida fikr bildirdi.
To'lganovga ko'ra, hakamlar bokschilarimizga nisbatan adolatsizlik qilishmoqda.
"Ha, bunday holatlar hali ko'p bo'ladi. Nima ham derdik. Men Tokio Oilmpiadasida shunday bo'lishini 2016 yildayoq bilganman",- dedi bokschi.
Rustam To'laganov Rio Olimpiadasidagi natija takrorlanishiga ishonmaydi:
"Menimcha Riodagi natija takrorlanmaydi, biroq hammasi Allohdan. Tokioda ko'pi 3-4 ta medal qo'lga kiritilsa kerak",-deya fikr bildirmoqda To'laganov bokschilarimizning mazkur Olimpiya O'yinlaridagi ishtiroki haqida.
Eslatib o'tamiz, Rustam To'laganov Rio-2016 Olimpiya o'yinlarining yarim finalida rossiyalik bokschiga qarshi ajoyib jangida hakamlarning tushunarsiz qarori evaziga mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar