02 fev 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Rustam To'laganov prof boksdagi uchinchi jangida ham g'alaba qozondi
Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To'laganov bugun tunda prof boksdagi uchinchi jangini o'tkazdi.
Ushbu jangda hamyurtimiz polshalik Norbert Dabrovskiga qarshi ringga ko'tarildi.
8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda hakamlar bir ovozdan hamyurtimiz g'alaba qozonganligini qayd etishdi.
SHu tariqa, Rustam prof boksdagi uchinchi jangini ham g'alaba bilan yakunladi. U janglaridan birida raqibini nokautga uchratgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar