24 fev 20:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Rustam To'laganov SHohjahon va SHahram qarama-qarshiligi haqida gapirdi
Rio Olimpiadasi sovrindori, professional bokschimiz Rustam To'laganov "Sport TV"ga bergan intervyusida o'zbekistonlik professional bokschilar haqida gapirib o'tdi.
SHohjahon professional boksda yaxshi faoliyat olib bormoqda. U safdoshimiz, shaxsan tanishmiz, yaxshi munosabatdamiz, faoliyatida omad tilayman.
Qudratillo ham shunday. Ularning janglarini kuzatib boraman. Yonida bo'lmasam ham, ko'rishganimizda albatta gaplashamiz. Doimo bayrog'imizni ko'tarib yuraveraylik.
SHahram yoki SHohjahon? Ularning har ikkisi ham kuchli yigitlar. Ular bir yurt bayrog'ini ko'tarib yuribdi. Agar ular o'zaro uchrashib qolishsa jang 10 raund davom etmasa kerak. Mabodo jang bo'ladigan bo'lsa judayam chiroyli bahs bo'ladi. Lekin to'g'risi, bu jangni tashkil etilishini istamasdim", - dedi Rustam To'laganov.
Havola :
Manba : Спорт ТВ
Fikrlar