03 sen 07:08
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Safiya Burxanova – Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlari chempioni!
Tokiodan xushxabarlar kelishi davom etadi.
Bundan biroz avval para engil atletikaning F12 klassida ayollar o'rtasida yadro uloqtirish bo'yicha final bahslari yakunlandi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Safiya Burxanova 14.78 metr natija bilan oltin medalni qo'lga kiritdi. Takidlash kerakki, bu mavsumdagi eng yaxshi natija sifatida ham qayd etildi.
Eslatib o'tamiz, Safiya Burxanova Rio-2016 yozgi Paralimpiya o'yinlarida kumush medalini qo'lga kiritgan edi.
SHu tariqa delegaciyamiz hisobidagi medallar soni 17 taga etdi: 7 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar