06 may 17:50
Yangiliklar
Kurash, Boshqalar

Sahovatli sportchilardan o'rnak oling!
Joriy yilning 27 aprel kuni Buxoro va Navoiy viloyatlariga kirib kelgan kuchli shamol hamda 1 may kuni Sardoba suv omborida yuz bergan falokat natijasida hududlarda joylashgan jismoniy tarbiya va sport obektlariga ham jiddiy zarar etdi.
Ushbu talofatlar oqibatini qisqa muddatlarda bartaraf etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan qo'shimcha homiylik va insonparvarlik yordamini jalb qilish uchun maxsus hisob raqami ochilganligini elon qilgandik.
Ushbu chaqiriqqa O'zbekiston bel olish va uch kurash associaciyasi birinchilardan bo'lib labbay, deb javob berdi. Ular tabiiy ofatlar oqibatini bartaraf etish uchun ochilgan maxsus hisob raqamiga 10 million so'm miqdoridagi mablag'ni beg'araz yordam tariqasida o'tkazib berishga qaror qildi.
Azizlar, bugungi muborak kunlarda barchamiz birlashaylik! Tabiiy ofatlardan jabr chekkan hududlarni yolg'izlatib qo'ymaylik!
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar