02 iyu 14:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Saidjamshid Jafarov Baku mezbonlik qiladigan IBA CHempionlar oqshomida ringga chiqadi
Ilk bor Bokudagi "Sea Breeze Resort" majmuasida o'tkaziladigan "IBA Champions Night" musobaqasi doirasida dunyoning kuchli bokschilari ishtirokida 6 ta jang bo'lib o'tadi.
Ushbu janglarning beshtasida Ozarbayjon bokschilari ringga ko'tariladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida hamyurtimiz, hozirda Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan Saidjamshid Jafarov o'rta vazn toifasidagi bellashuvda belaruslik Nikolay Vesyolov bilan kuch sinashadi.
Bundan tashqari, yana bir yurtdoshimiz Xurshidbek Rasuljonov Evropa o'yinlarining bronza medali sovrindori, Ozarbayjon vakili Tayfur Aliev bilan bahs olib boradi.
Janglar oqshomi 10 iyul kuni tashkil etiladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar