25 okt 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Saidyoqub Qahramonov UFC'ga qaytishi ehtimolini baholadi
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, sobiq UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov keyingi rejalari bo'yicha malumot berdi.
"UFC'ga qaytish niyatim yo'q. UFC bilan umuman ishim yo'q. ACA bilan shartnoma bo'yicha 3 ta jangim bor. Bittasidan o'tib oldik, yana ikkita qoldi. Qolgan ikkitasini ham o'tkazamiz, keyin esa boshqatdan shartnoma tuzamiz", dedi Qahramonov.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz 23 oktyabr kuni Dubayda o'tkazilgan ACA 194 turnirida misrlik Omar El Bili bilan jang qilib, birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli orqali g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar