30 jan 07:43
Yangiliklar

Saidyoqub Qahramonov Umar Nurmagomedovga: "Men bilan jang qil!"
Eng engil vaznda o'zbekistonlik UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov (10-3) rossiyalik Umar Nurmagomedovga (16-0) murojaat qildi.
Avvalroq, Umar Nurmagomedov o'z vaznida umuman raqib topa olmayotganini yozib qoldirgan edi.
"Mening divizionimdan kimdir deganingda, men bilan jang qilishingni so'rayman. Sen aslida buni nazarda tutmagan eding-a? Men bu chorlovni haqiqiy deb o'ylagandim", - deb yozib qoldirgan hamyurtimiz.
Qahramonov so'nggi bor 2022 yilning 18 dekabr kuni Las-Vegas shahri (AQSH)da tashkil etilgan UFC Fight Night musobaqasi doirasida rossiyalik Said Nurmagomedovga (17-2) qarshi oktagonga ko'tarilib, sabmishen evaziga mag'lub bo'lgan edi.
Umar Nurmagomedov esa oxirgi jangini 14 yanvar kuni Las-Vegas (AQSH)da o'tkazilgan UFC Fight Night turnirida braziliyalik Raoni Barselosga (17-4) qarshi o'tkazib, texnik nokaut bilan g'alaba qozongandi.
Ikki jangchi 2018 yilda PFL ligasida o'zaro to'qnash kelishgan. O'sha jangda Umar Nurmagomedov hakamlar qarori bilan hamyurtimizni mag'lub etgan edi.
Fikrlar