14 fev 08:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidyoqub Qahramonovning fikricha, Volkanovski Maxachevni mag'lub etgan
Saidyoqub Qahramonov Islam Maxachev va Aleks Volkanovski o'rtasidagi jangga munosabat bildirdi.
Eng engil vaznda o'zbekistonlik UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov (10-3) engil vazn chempioni Islam Maxachev (24-1) va yarimengil vaznda chempionlik kamari sohibi Aleks Volkanovski (25-2) o'rtasidagi jangga munosabat bildirdi.
"Barcha ahmoqlarga bu yoqmasligi mumkin, lekin jangni qayta ko'rib chiqib, Volk bu jangni yutgani haqida o'yladim", - deb yozgan hamyurtimiz.
Malumot uchun, Islam Maxachev va Aleks Volkanovski o'rtasidagi chempionlik jangi 12 fevral tongida o'tkazilgan edi va unda Maxachev hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozongan edi.
All these Idiots won’t like it but after rewatching the fight I think Volk won that fight.
— Saidyokub Kakhramonov (@SaidYokubMMA) February 12, 2023
Havola :
Manba : twitter.com/SaidYokubMMA
Fikrlar