29 may 07:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Saken Bibiosinov: "O'zbeklardan oldin Qozog'istonda ikki karra Olimpiada chempioni bo'lishini xohlardim"
Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori, qozog'istonlik Saken Bibosinov Parijdagi Olimpiada oldidan kayfiyati va tayyorligi haqida gapirdi.
"Olimpiada – butun dunyo etiborini tortadigan sport musobaqasi. Asosiy raqiblarimdan biri - Hasanboy Do'smatov! Bizning o'zbek og'aynilarimiz ilk bor ikki karra Olimpiada chempioni bo'lish haqida gapirmoqda. Buni Hasanboy Do'smatov va Bahodir Jalolov uddalay oladi.
Murabbiy bilan birgalikda raqibni sinchkovlik bilan o'rganib chiqyapmiz. O'zbeklardan oldin Qozog'istonda ikki karra Olimpiada chempionlari bo'lishini xohlardim. 51 kg toifasida men O'zbekistonni to'xtatsam, og'ir vazn toifasida esa bu ishni Kamshibek Konkabaev qilardi", dedi Saken Bibosinov.
Havola :
Manba : SportArena
Fikrlar